Adliya vaziri o'rinbosari M.IKramov va CISAC vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2026-11-04 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirligida adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov CISAC (Mualliflar va kompozitorlar jamiyatlarining xalqaro konfederatsiyasi) hamda BIEMning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Mitko Chatalbashev bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish tizimini takomillashtirish, mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish hamda ijodkorlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida mualliflar va boshqa huquq egalarining manfaatlarini samarali himoya qilish, mualliflik huquqi sohasidagi xalqaro standartlarni joriy etish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.





