DIQQAT, E’LON! Sayyor qabul
2026-10-29 16:30:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Allakuliyev Mirjalol Davronbekovich joriy yilning 30-oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Beruniy tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.
📌Sayyor qabul joyi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Beruniy tumani, “To‘qimachi” mahallasi, Kat ko‘chasi, 5-uy.
🖥 Sana va vaqt: 30-oktyabr, soat 10:00
🗣️ Qabul davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:
➖davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari;
➖notariat, advokatura va yuridik xizmatlar;
➖intellektual mulk va to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik);
➖arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita vazir o'rinbosariga murojaat qilishlari mumkin.
🖋 Ro‘yxatdan o‘tish:
Qabulda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari +998 55 101-97-32 (ichki raqam - 8505) telefon raqami orqali 29-oktyabr kuni soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
📍 Hurmatli qoraqalpog'istonliklar !
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.
🔔Eslatma: Sayyor qabulga bora olmaydigan biroq ro'yxatdan o'tgan fuqarolar onlayn tarzda qabul qilinadi.
