DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA YEVROPA TAJRIBASI O‘RGANILMOQDA
2026-10-27 11:15:00 / Vazirlik yangiliklari

🇪🇺 Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti rahbari E. Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya Yevropa davlat boshqaruvi institutida davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganmoqda.
🔹 O‘quv safari davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat ishtirokini qisqartirish, bozor mexanizmlarini rivojlantirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari tajribasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌 Xususan, tashrifning birinchi kunida:
➖ Luksemburg va boshqa Yevropa davlatlarida davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish mezonlari va mexanizmlari;
➖ ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashning metodologik asoslari;
➖ davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlatning o‘zgarib borayotgan roli;
➖ davlat tasarrufida saqlab qolinayotgan funksiyalar va buning asosiy sabablari muhokama qilindi.
✅ Mazkur o‘quv safari davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish, sohada xususiy sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda xalqaro tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish istiqbollarini o‘rganishga qaratilgan.
🤝 Tashrif Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Adliya vazirligi va BMT Taraqqiyot dasturi hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.



