15 ta murojaat. 1 ta masala joyida hal etildi. 14 tasi ijroga yo‘naltirildi.
2026-10-23 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun, 23-oktyabr kuni Adliya vazirligida adliya vazirining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida jismoniy shaxslar hamda yuridik shaxslar vakillarining notariat, advokatura, FHDY, mehnat qonunchiligi, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik, uy-joy, o'z-o'zini band qilish va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 3 tasi — Andijon, Buxoro va Sirdaryo viloyatlaridan onlayn tarzda qabul qilindi.
➖ 1 ta murojaat yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi;
➖ 14 ta murojaat ijro uchun qabul qilinib, masalalarni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
📌 Eslatma: Adliya vazirining qabuli har juma kuni soat 15:00–17:00 oralig‘ida o‘tkaziladi.




