E’lon
2026-10-26 10:15:00 / Vazirlik e'lonlari
Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha yagona tanlov uchun arizalar qabul qilish boshlandi.
Quyidagi havola orqali arizalarni yuborishingiz mumkin:
https://my.gov.uz/uz/service/342
Batafsil:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentabrdagi PQ–280-son qaroriga asosan davlat notariusi lavozimi uchun tanlov va xususiy notarial faoliyat bo‘yicha malaka imtihoni o‘rniga 2 bosqichdan iborat Yagona tanlovni joriy etish belgilangan.
Unga ko‘ra, 1-bosqichda talabgorlar davlat va jamiyat boshqaruvi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat va vorislik huquqi sohalari boʻyicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarini topshiradi.
2-bosqichda test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan talabgorlar Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan amaliy imtihonda notarial harakatlarning loyihalarini maxsus elektron platformada tayyorlaydi va muammoli masalaga (kazusga) javob beradi.
Talabgorlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 1-bosqichda test topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan hudud (viloyat)ni tanlashi shuningdek, Adliya vazirligining rasmiy sahifasida e’lon qilingan notarius lavozimiga bo‘sh o‘rin (vakansiya)lari mavjud bo‘lgan notarial okrugni tanlab, mazkur notarial okrug doirasida yagona tanlovda qatnashib notarius lavozimini egallashi mumkin.
Yagona tanlov tartibi bo‘yicha quyidagi normativ hujjatlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi:
https://lex.uz/uz/docs/8044056
https://lex.uz/uz/docs/-6100157
