O‘zbekistonda to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini takomillashtirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik davom etmoqda
2026-10-22 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

2026-yil 22-oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari-To'lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi direktori N. Muxammadiyev va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari ishtirokida O‘zbekistondagi to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini diagnostik o‘rganish doirasida maslahatlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
🤝 Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🔹 to‘lovga qobiliyatsizlik tizimini takomillashtirish;
🔹 2030-yilgacha mo‘ljallangan Strategiya loyihasini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish;
🔹 hujjatlar loyihalariga OTB ekspertlik ko‘magini jalb qilish;
🔹 moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
🔹 Agentlik xodimlarining malakasini oshirish va xorijiy tajribani o‘rganish;
🔹 OTB tomonidan ajratilgan mablag‘lar doirasidagi amaliy ishlarni jadallashtirish.
📊 Shuningdek, OTB ekspertlari amaldagi huquqiy, institutsional va operatsion tizim, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari yuzasidan fikr bildirdilar.
🤝 Uchrashuv yakunida diagnostik tahlil uchun zarur ma’lumotlarni tizimlashtirish, ekspertlik ko‘magi yo‘nalishlarini aniqlashtirish hamda keyingi hamkorlik tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi.




