Sifatli ta’lim uchun munosib sharoit — kelajak huquqshunoslarini tayyorlashning muhim omili
2026-10-22 16:20:00 / Vazirlik yangiliklari

Yoshlarning sifatli bilim olishi, o‘z salohiyatini to‘laqonli ro‘yobga chiqarishi va kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib shakllanishida zamonaviy ta’lim muhiti muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, bo‘lajak huquqshunoslar uchun puxta bilim olishga xizmat qiladigan qulay shart-sharoitlarni yaratish alohida ahamiyatga ega.
🔹 Shu maqsadda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand akademik litseyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
📍 Bugun adliya vaziri Akbar Tashkulov mazkur ta’lim muassasasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bilan yaqindan tanishdi.
🔎 Jarayonda ta’mirlash ishlarining sifati, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ta’lim muassasasi infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur ishlar o‘quvchilarning zamonaviy va qulay muhitda tahsil olishi, pedagoglarning samarali faoliyat yuritishi hamda pirovardida yuridik ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.




