Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-10-22 12:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vazirining birinchi o‘rinbosari M. Istamovning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Qashqadaryo viloyat akademik litseyi o‘quvchilari bilan muloqot qilindi.
Suhbat davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi, kelgusidagi maqsadlari hamda huquqshunoslik sohasida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda huquqiy bilimlarini oshirish muhimligi ta’kidlandi.




