O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va TDYUning yangi binolariga tamal toshi qo‘yildi
2026-10-17 16:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Yangi Toshkent shaxrida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining yangi binolari qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.
Adliya vaziri Akbar Tashkulov ishtirokida yangi inshootlar poydevoriga ramziy kapsula joylashtirildi.
Mazkur loyihalar davlat boshqaruvi infratuzilmasini rivojlantirish, huquqiy ta’lim sifatini oshirish va soha uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Bugun qo‘yilgan tamal toshi — kelajakdagi ulkan bunyodkorlik ishlarining boshlanishi.
Yangi inshootlar adliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy yuridik ta’limni rivojlantirish va malakali huquqshunos kadrlar tayyorlash uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.








