🔈DIQQAT, E’LON!
2026-10-20 11:10:00 / Vazirlik e'lonlari
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Tashkulov Akbar Djurabaevich joriy yilning 20-oktyabr kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazadi.
📌Sayyor qabul joyi: Samarqand viloyati, Qo‘shrabot tumani, “Shovona” mahallasi binosi
🖥 Sana va vaqt: 20-oktyabr, soat 11:00
🗣️ Qabul davomida Samarqand viloyati aholisi hamda tadbirkorlik subyektlari:
➖davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari;
➖notariat, advokatura va yuridik xizmatlar;
➖intellektual mulk va to'lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik);
➖arxiv faoliyati bilan bog‘liq o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan bevosita vazirga murojaat qilishlari mumkin.
🖋 Ro‘yxatdan o‘tish:
Qabulda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari +998 55 701-00-55 (ichki raqam - 4004) telefon raqami orqali 20-oktyabr kuni soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
⌛ Sayyor qabul davomida fuqarolarga sayyor tartibda:
▪️davlat xizmatlari,
▪️FHDY xizmatlari,
▪️notarial xizmatlar ko‘rsatiladi.
📍 Hurmatli samarqandliklar!
Mavjud muammolarga qonuniy yechim topish uchun ushbu sayyor qabulda faol ishtirok eting.
🔔Eslatma: Sayyor qabulga bora olmaydigan biroq ro'yxatdan o'tgan fuqarolar onlayn tarzda qabul qilinadi.
