Olmazor tumanida “Raqamli markaz” faoliyati bilan tanishildi
2026-10-14 12:45:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Raqamli markaz” faoliyati bilan tanishdi.
🚛Mazkur loyiha fuqarolarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli platformalardan mustaqil foydalanish madaniyatini shakllantirish hamda davlat xizmatlarini olish jarayonini yanada qulaylashtirishga qaratilgan.
🚛“Raqamli markaz”da fuqarolar nafaqat davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish, balki soliq, bojxona, mehnat, ta’lim, bank-kredit va boshqa sohalarga oid raqamli platformalarda ishlash bo‘yicha ham professional mentorlar ko‘magidan foydalanishlari mumkin.
Raqamlar va natijalar:
📌 Olmazor tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2025-yilda 115 320 ta, 2026-yilning 9 oyida esa 87 966 ta davlat xizmati ko‘rsatilgan.
📌 Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida 2 000 nafardan ortiq fuqaroga myGov mobil ilovasi orqali xizmatlardan foydalanishda ko‘maklashilgan.
📌 Markazda jami 630 turdagi davlat xizmati ko‘rsatiladi. Shulardan 350 dan ortig‘ini “oson” va “o‘rta” toifadagi xizmatlar tashkil etib, endilikda ular faqat “Raqamli markaz” orqali ko‘rsatiladi.
📖Loyihaning muhim jihati shundaki, fuqarolar raqamli xizmatlardan foydalanish ko‘nikmalarini egallagach, kelgusida ularni mustaqil ravishda olishi mumkin. Bu esa Davlat xizmatlari markazlariga tushadigan yuklamani kamaytirish, vaqt va xarajatlarni tejash hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
🚛“Raqamli markaz”lar faoliyatini rivojlantirish orqali aholining raqamli savodxonligini oshirish, davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sohada inson resurslaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.









