“Samarqand noni” brendi tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
2026-10-13 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

(Ma'lumot uchun, 2025-yilning fevral oyida “Samarqand noni” geografik ko'rsatkich sifatida davlat ro'yxatidan oʻtkazilgan edi)
Mazkur ro‘yxatdan o‘tkazish Samarqand nonining o‘ziga xosligini e’tirof etish, milliy gastronomik merosimizni asrash hamda ushbu mahsulotning bozordagi nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
“Samarqand noni” nomining geografik ko‘rsatkich va tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi milliy brendlarni huquqiy muhofaza qilish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Tovar belgisini ro'yxatdan o'tkazish uchun Adliya vazirligining im.adliya.uz sayti orqali ariza topshirishingiz mumkin.
