75 yillik tarix, xalqaro tajriba va sud ekspertizasining kelajagi: konferensiyaning birinchi kuni qanday o'tdi?
2026-10-08 11:50:00 / Vazirlik yangiliklari

X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining 75 yilligiga bag'ishlangan «Sud ekspertizasining rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida qanday masalalar muhokama qilindi:
Birinchi muhim masala — ekspert xulosasining ortida turgan mas'uliyat
Ikkinchi muhim masala — sud va ekspert o'rtasidagi hamkorlik
Uchinchi yo'nalish — sun'iy intellekt va raqamli ekspertiza
Shveysariyaning "Tecan" xalqaro biotexnologiya korporatsiyasi katta menejeri Stepan Kulyomin bilan intervyuda muhim fikr yangradi: sun'iy intellekt inson ekspertining o'rnini bosa olmaydi, ammo uning imkoniyatlarini kengaytiradi.
To'rtinchi yo'nalish — xalqaro tajribani amaliy natijaga aylantirish
O'zbekistonda joriy etilgan "E-ekspertiza" elektron platformasi, yangi tadqiqot turlari va sud-ekspertlik faoliyatini raqamlashtirish borasidagi islohotlar ham xalqaro muloqotning muhim mavzularidan bo'ldi.
Birinchi kundan asosiy xulosa: sud ekspertizasining kelajagi — inson tajribasi, ilm-fan, raqamli texnologiyalar va xalqaro hamkorlik uyg'unligida.








