Andijon viloyat adliya boshqarmasida asosiy faoliyat yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi
2026-09-23 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari

✅O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri A. Tashkulov Andijon viloyat adliya boshqarmasida adliya organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida erishilishi lozim bo‘lgan natijalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Xususan, taqdimotda tomonidan inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish va aniqlangan huquq buzilishlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmatlarning qonuniylikni ta’minlashdagi o‘rni, huquqiy ekspertiza va huquqiy xulosalar sifatini oshirish borasidagi natijalar ko‘rib chiqildi.
Huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi. Jumladan, aholining turli qatlamlariga huquqiy axborotni yetkazish, zamonaviy media va raqamli platformalardan samarali foydalanish, huquqiy targ‘ibot tadbirlarining manzilliligini ta’minlash bo‘yicha erishilgan natijalar taqdim etildi.
Shu bilan birgalikda, huquqni qo‘llash amaliyotini yagona metodik yondashuv asosida shakllantirish, qonunchilik normalarining hududlarda bir xil va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, aniqlangan muammolarni tizimli tahlil qilish hamda amaliyotga yagona yondashuvlarni joriy etish borasidagi ishlar haqida ma’lumot berildi.
Taqdimotning yana bir muhim yo‘nalishi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlandi. Ushbu yo‘nalishda intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, mualliflar va huquq egalari manfaatlarini himoya qilish, intellektual mulkdan qonuniy foydalanish madaniyatini oshirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✅ Taqdimot davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud natijalar bilan bir qatorda, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, raqamli imkoniyatlardan keng foydalanish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan istiqboldagi vazifalar belgilandi.









