Adliya tizimi xodimlarining fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi
2026-08-22 13:00:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Prezident Farmoniga muvofiq Adliya vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
“Do‘stlik” ordeni bilan:
Li Adik — Toshkent davlat yuridik universitetining Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professori.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
Churyakov Erkin Ibragimovich — X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ballistika va izshunoslik ekspertiza laboratoriyasi mudiri.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
Kuchkarov Shuxrat Xamidovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i;
Musayev Akbar Muxidinovich — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqni qo‘llash departamenti boshlig‘i;
Nosirxodjayeva Gulnora Abdukaxxarovna — Toshkent davlat yuridik universiteti Huquq, jamiyat va madaniyat kafedrasi mudiri;
Fomenko Tatyana Dauletovna — O‘zbekiston Milliy arxivi bo‘limi mudiri.
“Shuhrat” medali bilan:
Boltayeva Shoira Xudayberganovna — Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani adliya bo‘limi boshlig‘i;
Kulmatova Gulibaxor Baratovna — Toshkent shahar Shayxontohur tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori.
Yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan hamkasblarimizni samimiy muborakbod etamiz!
Ushbu e’tirof — qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan adliya tizimi xodimlari mehnatiga berilgan yuksak bahodir.
