Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
2026-08-07 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 7-avgust kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 30 nafar (4 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, mehnat qonunchiligi, davlat xizmatlari, nodavlat notijorat, tadbirkorlik, kadastr, uy-joy va boshqa masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 5 tasiga joyida tushuntirish berilib, qolgan murojaatlar ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.









