Oliy Majlisda intellektual mulkni himoya qilish masalasi muhokama qilindi
2026-07-28 15:55:00 / Vazirlik yangiliklari

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda adliya vaziri Akbar Tashkulov intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berdi.
Ta'kidlanganidek, so‘nggi 4 yilda sohani takomillashtirish maqsadida:
16 ta qonun;
25 ta qonunosti hujjati;
19 ta muhim xalqaro shartnoma qabul qilindi va ratifikatsiya qilindi.
Shuningdek, adliya organlariga kontrafakt mahsulotlarni ko‘zdan kechirish va xatlash, bojxona organlariga esa intellektual mulk huquqlarini o‘z tashabbusi bilan (ex officio) himoya qilish vakolati berildi.
Islohotlar natijasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida:
patentlarga talabnomalar va berilgan patentlar soni 43 foizga;
tovar belgilari, EHM dasturlari va ma'lumotlar bazalariga berilgan guvohnomalar soni 35 foizga oshdi.
O‘zbekiston AQSH Savdo vakilligining 301-Maxsus hisobotida ilk bor kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi hamda Global innovatsiyalar indeksida 2020-yildagi 93-o‘rindan 2025-yilda 79-o‘ringa ko‘tarildi.


