🔴 O‘zbekiston – Yaponiya: adliya sohasida hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2026-05-04 16:45:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹Adliya vazirligida Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔹Unda adliya vaziri A.Tashkulov, Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo'mitasining raisi U.Shermatov hamda Yaponiya Parlamenti Vakillar palatasi a’zolari ishtirok etdi.
🔹Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🔹Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanib, Adliya vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumlar, qo‘shma dasturlar va muntazam tashriflar orqali mustahkamlanib bormoqda.
🔹Xususan, qonunchilikni takomillashtirish, ma’muriy tartib-taomillarni rivojlantirish hamda huquqiy targ'ibot sohalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi uchrashuvlarni davom ettirish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan kelishib oldi.
📌 Mazkur uchrashuv ikki davlat o‘rtasida huquqiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or tajribalarni joriy etish va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.







