Adliya vaziri. A.Tashkulov Qoʻqon shahar Davlat xizmatlari markazida tashkil etilgan “Turn-key” tamoyili asosidagi patent vakili faoliyati bilan tanishdi
2026-04-27 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Qoʻqon shahar Davlat xizmatlari markazida tovar belgilarini roʻyxatdan oʻtkazishda “Turn-key” tamoyili mexanizmi ilk bor joriy qilinganiga hali koʻp boʻlmadi.
Bu yerda shartnoma asosida qabul qilingan tajribali xodimlar Davlat xizmatlari markazida tadbirkorlik subyektlarini roʻxatdan oʻtkazish jarayonida, tovar belgisining afzalliklari, roʻyxatdan oʻtkazmaslikning huquqiy oqibatlari, kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilganlik va sotganlik uchun javobgarlik, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazishda talabnoma topshirish tartibi boʻyicha birlamchi huquqiy tushuntirishlar beradi.
Adliya vaziri patent vakili faoliyati bilan tanishar ekan , ishlarning qanday tashkil etilayotgani, nisbatan yangi boʻlgan bu faoliyat turini keng ommalashtirishdagi qonunchilikka takliflar va muammolar bilan qiziqdi.
Jarayonlar davomida vazir intellektual mulk qonunchiligini takomillashtirish va bu sohaga yangi mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha yanada izchil takliflar ishlab chiqishni taʻkidladi.
