Adliya vaziri A.Tashkulov yoshlar bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazdi
2026-04-23 12:50:00 / Vazirlik yangiliklari

🔹 Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan “Yoshlar kuni” doirasida Yashnobod tumanida yoshlar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.
🔹 Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va tashabbuslar atroflicha tinglandi. Xususan, zamonaviy kasblarni egallash, ish bilan ta’minlash, startap va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
🔹 Muloqot yakunida ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda muammolarini tizimli hal etishga qaratilgan aniq va amaliy choralarni yanada kengaytirish belgilab olindi.




