Hududlarda tizim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-14 17:40:00 / Vazirlik yangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Allakuliyev X.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida xodimlarning mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tizimdagi mavjud holat va amaliy jarayonlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, adliya organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xizmatlar ko‘rsatishda ochiqlik va tezkorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, tizimda ish samaradorligini yanada oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.




