🏆 Adliya vazirligi — ochiqlik va shaffoflikda yetakchilar safida!
2026-04-13 11:55:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–154-son Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik darajasi “Ochiqlik indeksi” asosida baholab kelinmoqda.
📊 2025-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi baholash natijalari Adliya vazirligida faoliyatining ochiqligi, shaffoflik va jamoatchilik oldida hisobdorlik yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini yana bir bor tasdiqladi.
🔝 Yakuniy natijalarga ko‘ra, Adliya vazirligi eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan yetakchi davlat organlari qatoridan munosib o‘rin egalladi.
Mazkur natija — vazirlik tizimida:
ochiq va ishonchli axborot makonini shakllantirish,
jamoatchilik bilan doimiy va tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish,
davlat xizmatlari va faoliyat jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash,
raqamli texnologiyalar orqali ochiqlikni oshirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.
📈 Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda ochiqlikni ta’minlash borasidagi islohotlar natijasida yuqori natija qayd etayotgan tashkilotlar soni ortib bormoqda. Bu esa davlat boshqaruvida ochiqlik va hisobdorlikning mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi.
🤝 Adliya vazirligi bundan buyon ham ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini yanada kuchaytirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish yo‘lida izchil faoliyat olib boradi.
