Adliya vazirining sayyor qabuli tashkil etildi
2026-04-04 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

✅ Fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hal qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi bo‘yicha Yashnobod tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
🔰 Mazkur qabulda jami 50 nafardan ortiq ishtirok etib, shundan 27 nafar fuqaroga huquqiy yordam berildi, 19 nafar fuqaroning murojaati qo‘shimcha o‘rganishga olindi, 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi, 2 nafar probatsiya nazoratidagi shaxslar ishga joylashishi uchun yo‘naltirildi.
▶️Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga maxsus nogironlik aravachalari topshirildi, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga subsidiya va imtiyozli kreditlar ajratilishi bo‘yicha sertifikatlar berildi.
Ta’kidlash joizki, bu kabi sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini hal etishda ahamiyat kasb etadi.






