Mustahkam oila — barqaror jamiyat asosi
2026-04-02 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugungi kunda yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash jamiyat oldidagi eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Shu maqsadda Chilonzor tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman adliya bo‘limi I-son va II-son FHDY bo‘limlari va “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” a’zolari bilan birgalikda yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida oila — mehr, mas’uliyat va o‘zaro hurmatga tayanadigan muqaddas maskan ekani, uni mustahkamlash esa avvalo bilim va ongli yondashuvdan boshlanishi ta’kidlandi. 20 nafar yosh nikohlanuvchiga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi hamda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati hayotiy misollar asosida tushuntirildi.
Seminar yakunida oila qurish arafasida turgan yoshlarga sertifikatlar topshirildi.






