Yashnobod tumanida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
2026-03-29 12:05:00 / Vazirlik yangiliklari

📌 Adliya vaziri A.Tashkulov Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar” bozorida bo‘lib, yashirin iqtisodiyotni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
📊 Tashrif davomida bozor infratuzilmasini yaxshilash, soliq tushimlarini ko‘paytirish, yashirin iqtisodiy faoliyatning oldini olish borasidagi amaliy natijalar ko‘rib chiqildi. Xususan:
- 510 ta savdo rastalari tartibga keltirildi;
- 86 nafar shaxslar YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi;
- barcha savdo rastalari to‘liq raqamlashtirilib, noqonuniy qurilmalar (temir konstruksiyalar) olib tashlandi.
Natijada, bozordagi kunlik patta tushumlari o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan 37 foizga yoki 105 mln so‘mga oshganligi qayd etildi.



