Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi
2026-01-16 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

🟢Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan fuqarolarning muammolarini o'rganish va bartaraf etishning samarali usuli sifatida shaxsiy qabullarni tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 16-yanvar kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 10 nafardan ortiq (3 nafari onlayn tarzda) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarining notariat, intellektual mulk, mehnat qonunchiligi va tergov-surishtiruv masalalariga oid murojaatlari tinglandi.
🟢Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarning 8 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. 3 nafar fuqaroning murojaati ijro uchun qabul qilindi hamda ularni qonun doirasida hal etish bo'yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🟢Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15:00 dan 17:00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.







