Toshkent davlat yuridik universitetiga rektor tayinlandi
2025-11-29 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Xodjayev Baxshillo Kamolovich Toshkent davlat yuridik universitetining rektori lavozimiga tayinlandi.
Baxshillo Xodjayev 1982-yilda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 2-darajali adliya maslahatchisi. 2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2006-yilda magistratura bosqichini, 2018-yilda Nagoya (Yaponiya) universitetining doktoranratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda “Mezon xususiy xizmati” advokatlik firmasi advokat yordamchisi lavozimidan boshlagan.
➖2005-2006-yillarda Toshkent tuman Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi yuridik xizmat mutaxassisi;
➖2006-2013-yillarda Toshkent davlat yuridik instituti “Xo‘jalik huquqi va xo‘jalik protsessual huquqi” kafedrasining o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsent vazifasini bajaruvchisi;
➖2013-2014-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi;
➖2014-2018-yillarda Yaponiyadagi Nagoya universiteti Qiyosiy huquq yo‘nalishi doktoranti (Doctoral Program in Comparative Law and Political Science);
➖2018-2019-yillarda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot institutining bosh maslahatchisi, bo‘limi boshlig‘i, direktor o‘rinbosari;
➖2019-2020-yillarda Adliya vazirligi Yuridik ta’lim va sud-ekspertiza faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining boshlig‘i o‘rinbosari;
➖2020-2022-yillarda Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasining mudiri, Xususiy huquq fakultetining dekani.
Tayinlovga qadar (2022-yildan) Toshkent davlat yuridik universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozim lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
