Adliya vaziriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
2025-11-27 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Prezidentning tegishli qarori bilan Allakuliyev Mirjalol Davranbekovich adliya vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mirjalol Allakuliyev 1988-yilda Xorazm viloyati, Xiva tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi. 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr bosqichini, 2014-yilda magistratura bosqichini, 2024-yilda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2008-yilda Adliya vazirligi rahbariyat qoshidagi apparatning qabulxona kotibi lavozimida boshlagan.
2013-2014-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi, katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi;
2014-2017-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bosh maslahatchisi;
2017-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i;
2018-2018-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i;
2018-2021-yillarda Adliya vazirligi Jinoiy, ma’muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig‘i;
2021-2022-yillarda Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar (2022-yildan) Adliya vazirligi Qonunchilik departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat koʻrsatgan.
