O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi shifoxonalarda qaysi tibbiy xizmatlar bepul, qaysi turi pullik asosda amalga oshiriladi?
O'zbekiston Respublikasining "fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi Qonuniga asosan, davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul ko'rsatiladi. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan tashqari xizmatlar esa qo'shimcha hisoblanadi va belgilangan tartibda pul to'lash orqali amalga oshiriladi.
