ССВ: Республика педиатрия маркази ISO халқаро сертификатларига эга бўлди
2024-10-04 14:25:00 / Yangiliklar

Ayni sababdan so'nggi yillarda respublikamizdagi qator ixtisoslashtirilgan markazlar va tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bosqichma-bosqich o'z faoliyatini xalqaro standartlarga uyg'unlashtirdi.
Ular safiga Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ham qo'shildi. Bugun ushbu muassasaga CERT International tashkiloti tomonidan ISO 9001:2015 va ISO 7101:2023 xalqaro sifat standartlarini joriy etganligi munosabati bilan maxsus sertifikatlar topshirildi.
Darhaqiqat, bunday e'tirofga erishish uchun markazda salmoqli ishlar bajarildi. Xususan, bu erga eng so'nggi rusumdagi tibbiy uskunalar, shu jumladan noyob irsiy kasalliklarni skrining qilish uchun AQShdan Perkin Elmer mass-spektrometr apparati keltirilgan.
Qolaversa, markazda eshitish qobiliyatidagi nuqsonlarni aniqlash hamda bartaraf etish maqsadida jajji bemorlarda koxlear implantasiya, yuz nervining plastik mikroxirurgik operasiyasi, yangi tug'ilgan go'daklarda audio-skrining, raqamli eshitish moslamalari yordamida reabilitasiya tadbirlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, muassasada har yili 5000 dan ziyod jarrohlik amaliyotlari bajarilib, ularning 80 foizdan ortig'ini yuqori texnologik operasiyalar tashkil etadi.
Ushbu yutuq markazda ko'rsatilayotgan tibbiy xizmatlar xalqaro standartlarga to'liq javob berishidan dalolat berib, muassasaning mintaqadagi pozisiyasini mustahkamlash, ilmiy faoliyatni takomillashtirish hamda yangi diagnostika va davolash usullarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
