SSV: Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari qasamyod qabul qildi
2024-10-03 19:00:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizda Toshkent tibbiyot akademiyasining 1-bosqichiga qabul qilingan yigit-qizlar ishtirokida "talabalikka bag'ishlov" tadbiri o'tkazildi.
Sog'liqni saqlash vazirligi va Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tantanali marosimda vazirlik mas'ullari, akademiya rahbariyati, professor-o'qituvchilar va 2000 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi.
Marosim so'ngida birinchi bosqich talabalari o'z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod qildi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavha ushbu tadbir tafsilotlariga bag'ishlangan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
