Poytaxtimizda "allergologiya-immunologiya — innovasiyadan amaliyotga" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda
2024-05-23 15:15:00 / Yangiliklar
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda mahalliy mutaxassislar bilan birga, qo'shni davlatlardan kelgan etakchi olimlar ishtirok etyapti.
Anjumanda diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish, o'zaro tajriba almashish, sohaga oid klinik tavsiyalar, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatish tartibi va standartlari atroflicha muhokama etilmoqda.
Tadbirning yakuniy qismi mahorat darslari va sho''ba yig'ilishlaridan iborat bo'lib, unda qatnashchilar jahon tibbiyotidagi eng so'nggi yutuqlar hamda ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'ladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
