2024 yilda Davlat dasturi doirasi amalga oshirilgan ishlar
Xabaringiz bor, Prezidentimizning O'zbekiston – 2030 strategiyasi doirasida "yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF–37-son Farmoni qabul qilingan edi.
Farmon bilan Sog'liqni saqlash vazirligi bajarishi lozim bo'lgan bir qator maqsad va vazifalar belgilangan bo'lib, vazirlik ularni to'liq va sifatli amalga oshirish bo'yicha choralarni ko'rdi.
Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish yo'nalishi doirasida 2024 yilda 10 million nafardan ortiq 40 yoshdan oshgan aholi skrining tekshiruvlaridan o'tkazilgan bo'lsa, qariyb 6,5 million nafar qandli diabet kasalligiga moyilligi bo'lgan fuqarolar qonida qand miqdori o'lchandi.
Skrining natijalariga ko'ra, hayotida birinchi marta 273 ming nafardan ortiq fuqaro qonida qand miqdori (diabet oldi), 276 ming nafardan ortiq fuqaroda qondagi xolesterin miqdori, 550 ming nafardan ortiq fuqaroda yuqori arterial bosim yuqoriligi aniqlandi.
Shuningdek, 127 ming nafarga yaqin fuqaroda qandli diabet, 1 million nafardan ziyod fuqaroda ortiqcha vazn, 235 ming nafardan ortiq fuqaroda yurak qon-tomir kasalliklari, 339 ming nafardan ziyod fuqaroda semizlik aniqlanib, ular bilan birgalikda sog'lomlashtirish choralari olib borildi.
Mamlakatimizda chang bo'ronlariga qarshi kurashish va ularning salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida "qurilish ishlarini tashkil qilish bo'yicha gigiena talablari to'g'risida"gi 0022-22-son sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari ishlab chiqilib, majburiy talab sifatida amaliyotga joriy etildi.
Bundan tashqari, mobil aloqa kompaniyalari orqali aholiga yurak-qon tomir va nafas yo'llari kasalliklariga chalingan hamda sog'lig'i havoning iflosligiga sezuvchanligi yuqori bo'lgan fuqarolarni zarur profilaktik choralar to'g'risida doimiy xabardor qilish tizimli yo'lga qo'yildi. Jumladan, vazirlikning https://ssv.ssv.uz/ rasmiy veb-sayti, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda tasdiqlangan media-rejalar, shuningdek, ommabop ijtimoiy tarmoqlar orqali targ'ibot ma'lumotlarini chop etish va turli chora-tadbirlarni o'tkazish tizimli yo'lga qo'yildi.
Aholi o'rtasida surunkali kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish maqsadida 12 million nafardan ziyod 18 yoshdan 40 yoshgacha aholi skrining tekshiruvidan o'tkazildi. Tekshiruvlar yakuni bo'yicha 6,6 million nafardan ortiq aholi 1-xavf guruhiga, 3,7 million nafari 2-xavf guruhiga, 1,5 million nafari 3-xavf guruhiga, 209 ming nafari 4-xavf guruhiga ajratildi, 1,4 million nafari esa dispanser nazoratiga olindi.
Dispanser nazoratidagi 1,4 million nafardan ortiq aholini ambulator sharoitda, jumladan, 178 ming nafarini tuman Markaziy shifoxonasida, 76 ming nafari viloyat muassasalarida, 3,4 ming nafarini esa respublika muassasalarida sog'lomlashtirish choralari Ko'rildi.
O'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash bo'yicha 1,3 million fuqaroda rentgenologik skrining ko'rigi o'tkazildi.
Aholi orasida yuqumli bo'lmagan kasalliklarning oldini olish, ularning xavf omillari, erta aniqlash va davolash bo'yicha xabardorligini oshirish maqsadida esa kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Unda aholi uchun yuqori reytingi baland telekanallar orqali ko'rsatuvlar va boshqa OAVlarda munozaralarni haftasiga kamida 1 marta muntazam namoyish etish hamda ularning natijalarini tahlil qilish, qisqa ijtimoiy videoroliklar yaratish va ularni yuqori reytingli ko'rsatuv, seriallar namoyishi vaqtida efirga uzatish, sog'lom turmush tarzi haqida alohida teleko'rsatuv tayyorlash va doimiy efirga uzatish, shuningdek, aholiga sog'lom turmush tarzi bo'yicha muntazam ma'lumot berish uchun (interaktiv) elektron platforma (mobil ilova) ishlab chiqish hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida alohida sahifa ishga tushirish belgilandi.
Yil davomida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda quyidagi targ'ibot tadbirlari amalga oshirilgan: televidenieda 331 ta teleko'rsatuvlar va intervyular tashkillashtirilgan; radioda 3573 ta chiqishlar uyushtirilgan; gazeta va jurnallarda 406 ta maqola chop etilgan; ijtimoiy tarmoqlarda 30 102 ta ma'lumotlar joylashtirilgan.
Onkologik kasalliklar keltirib chiqaruvchi mahalliy omillarni tahlil qilish yuzasidan ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Toshkent davlat agrar universiteti, sanitariya-gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti, Samarqand davlat universitetlari ilmiy labaratoriyalarida onkologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mahalliy omillar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazilgan.
Qishloq xo'jaligida ishlatiladigan pestisid va gerbitsidlarning, ichimlik suvi va onkologik kasalliklar kelib chiqishiga bog'liqligi o'rganilgan. Mazkur yo'nalishda o'tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari mahalliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan. Tahlillar natijalari bo'yicha eng dolzarb hisoblangan ilmiy loyiha Davlat dasturi doirasida moliyalashtiriladigan loyihalar reestriga kirtildi.
Bolalarda irsiy kasalliklar bo'yicha selektiv skrining tekshiruvlarni yaxshilash maqsadida 3 – 18 yoshli 9,8 mln nafar bolalarni onkogematologik kasalliklarni erta aniqlash bo'yicha ommaviy va selektiv skriningdan o'tkazish yuzasidan 2024 yil uchun hududlarda tarmoq rejalar ishlab chiqilib, tasdiqlangan va tekshiruvlar olib borilgan.
Bundan tashqari, 2024 yilning 1 aprel kunidan boshlab chaqaloqlarni neonatal skrining tekshiruvlari o'tkazila boshladi. Natijada 465 ming nafarga yaqin chaqaloqlarda tug'ma gipotireoz, fenilketonuriya kasalliklariga neonatal skrining tekshiruvlari o'tkazildi.
2024 yilda respublikadagi 230 ta tug'ruq muassasalarida yangi tug'ilgan chaqaloqlarning eshitish qobiliyatini aniqlash bo'yicha audioskriningdan 420 ming nafardan ortiq chaqaloqlar o'tkazilgan bo'lib, eshitish patologiyasi aniqlangan bolalarni davolash choralari ko'rilmoqda.
Tug'ish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish ishlari samaradorligi oshirildi.
Bolalarning sog'lom ovqatlanishini ta'minlash orqali rasional o'sishi va rivojlanishi, aqlan barkamol bo'lib shakllanishini ta'minlash maqsadida esa zarur mikronutrient kukunlari va dori vositalari bolalarga etkazildi.
Belgilanganidek, 125 nafar nafar bolalarda koxler implantasiya operasiyasi o'tkazilib, bolajonlari eshitish qobiliyatiga ega bo'lishdi.
Respublika bo'yicha vaktsinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash tadbirlari esa milliy emlash kalendari asosida tashkil etilmoqda.
Maqsadli guruhdagi ayollarni bachadon bo'yni saratoni va ko'krak bezi saratoni skrining dasturlari bilan qamrov darajasini oshirish masalasi ham dolzarbdir. Shu maqsadda skrining registr va kanser registrlar (https://cancer-registr.uz) ishlab chiqildi.
Sog'liqni saqlash vazirining 2024 yil 27 martdagi 97-son buyrug'i bilan bachadon bo'yni saratoni skriningi va ko'krak bezi saratoni skriningi klinik standarti tasdiqlandi.
35 – 55 yoshdagi ayollar o'rtasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va ularni ommaviy skrininglar bilan qamrab olish maqsadida 2,7 million nafardan ziyod ayollarda skrining tekshiruvlari o'tkazildi. Shuningdek, 45 – 65 yoshdagi ayollar o'rtasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va ularni ommaviy skrininglar bilan qamrab olish maqsadida 2,5 million nafardan ziyod ayollar skrining tekshiruvlardan o'tkazildi.
Skrining natijalariga ko'ra, gumon bilan onkologik dispanserlarga tekshiruvga yuborilgan ayollarda onkologik kasalliklar aniqlangan bo'lsa, ular sog'lomlashtirilmoqda.
Dasturda profilaktik ko'rik va skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan kasalliklar bo'yicha sog'lomlashtirish choralarini ko'rish, yuqumli bo'lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini 55 foizga etkazish vazifasi ham bor edi. Mazkur topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida
10 million nafardan ziyod 40 yoshdan oshgan aholi skrining tekshiruvidan o'tkazildi.
Kasallik aniqlangan fuqarolarni individual sog'lomlashtirish maqsadida 1,7 million nafardan ziyod fuqaro ambulator sharoitda, 211 ming nafardan ortiq fuqaro tuman Markaziy shifoxonasida, 33 ming nafardan ortig'i esa fuqaro viloyat darajasidagi shifoxonalarda, 3 mingga nafarga yaqin fuqaro respublika darajasidagi shifoxonalarda davolangan.
Aholi orasida to'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzini shakllantirish orqali ortiqcha vaznga ega va semizligi mavjud aholi ulushini kamaytirib borish, shuningdek, anemiya va ichak infektsiyalari bilan kasallanish darajasini kamaytirish masalalari ham dolzarbligini yo'qotmadi.
Shu maqsadda aholiga o'z sog'lig'i va ovqatlanishini nazorat qilish hamda to'g'ri ovqatlanish bo'yicha iPhone va Android smartfonlari uchun mobil ilova yaratildi. Har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun to'g'ri ovqatlanish, sog'lomlashtirish mashqlari va gigiena qoidalari to'plami yaratildi.
Shuningdek, dasturda xalqaro akkreditasiyadan o'tgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo'yicha tahlillar o'tkazadigan laboratoriyalar sonini 20 taga etkazish vazifasi belgilangan bo'lib, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tizimining jami 24 ta laboratoriyasi xalqaro akkreditasiyadan o'tkazildi. Ushbu laboratoriya majmualari tomonidan o'tkazilgan xavfsizlik ko'rsatkichlari bo'yicha tahlil natijalari oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksporti jarayonlarida dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinadi.
