DASTLABKI MALAKALASH BOSQICHIGA TAKLIF FARG‘ONA VILOYATIDA SHIFOXONA QURISH BO‘YICHA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK LOYIHASI
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (“Hukumat”), Sogʻliqni saqlash vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi orqali Fargʻona viloyatida 800 oʻrinli shifoxonaning loyihalash, qurish, uskunalar yetkazib berish va oʻrnatish, kapital moliyalashtirish hamda obyekt va uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik (“DXSh”) loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda (“Loyiha”). Loyiha konsepsiyasi Hukumat tomonidan 2024-yil 27-sentyabrda tasdiqlangan.
Jahon banki guruhining aʼzosi boʻlgan Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Hukumat tomonidan xususiy sherikni tanlashda yordam berish uchun Loyihaning bosh maslahatchisi sifatida jalb qilingan. Loyihaning ixtisoslashgan maslahatchilari PriceWaterhouseCoopers va Dentons (Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston) hisoblanadi.
Hukumat tenderda gʻolib boʻlgan ishtirokchini tanlov asosida tanlash va uzoq muddatli DXSh shartnomasini (20-23 yil, tasdiqlanishi kerak) imzolashni rejalashtirmoqda. Tender Oʻzbekistonning DXSh toʻgʻrisidagi Qonuniga muvofiq ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda xususiy kompaniyalar dastlabki malakalashdan oʻtish uchun buyurtmalar topshirishga taklif etiladi. Ikkinchi bosqichda dastlabki saralashdan oʻtgan kompaniyalar Loyiha boʻyicha texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadilar.
Sogʻliqni saqlash vazirligi shifoxona DXSh loyihalarida tajribaga ega boʻlgan barcha qiziqqan tomonlarni 2024-yil 9-dekabr kuni, soat 18:00 ga qadar dastlabki malaka buyurtmalarini topshirishga taklif etadi.
Ariza topshirish boʻyicha koʻrsatmalar va malaka talablari haqida batafsil maʼlumot olish uchun dastlabki malaka soʻrov (RFQ) hujjatiga murojaat qiling. RFQ hujjati ushbu sahifaning oxirida ilova qilingan va soʻrov boʻyicha ham joʻnatilishi mumkin. XMK RFQ arizalarini tayyorlashda yordam berish uchun barcha qiziqqan potensial ishtirokchilar uchun ikki virtual savol-javob sessiyasini oʻtkazadi.
Loyiha maʼlumotlar xonasiga kirish, dastlabki malaka buyurtmalarni topshirish hamda Loyiha va RFQ boʻyicha har qanday aniqlik kiritish uchun quyidagi aloqa maʼlumotlari orqali Sogʻliqni saqlash vazirligi va XMK bilan bogʻlaning.
|
XMK– Loyihaning bosh maslaxatchisi UZHospital@ifc.org +998-78-120-2445 +1-202-294-4929 +43-676-7922371
|
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Telefon: +998-71-203-1519 (ichki raqam 522) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish departamenti Telefon: +998-71-203-5050 (ichki raqam 01936) |
Tender oʻtkazishda korrupsion koʻrinishga ega boʻlgan holatlar haqida zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ishonch raqamiga xabar berishingizni soʻraymiz +998-71-232-1007.
[Malaka so‘rovi hujjatlariga havola]
