Yana sanoqli daqiqalardan so'ng Germaniya poytaxti Berlin shahrida Germaniya – O'zbekiston II tibbiyot forumi boshlanadi
2024-04-19 12:40:00 / Yangiliklar
Ayni paytda Germaniya Federal sog'liqni saqlash vazirligining Kongress zalida ikki mamlakatning soha mas'ullari, etakchi tibbiyot muassasalari va oliy o'quv yurtlari, xususiy klinikalari va yirik kompaniyalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari jam bo'lmoqda.
SSV matbuot xizmati ushbu anjuman tafsilotlarini onlayn yoritib boradi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
