Yangi O'zbekistonni dunyo yaqindan tanimoqda, tan olmoqda
2025-11-05 09:15:00 / Yangiliklar
Yangi O'zbekistonni dunyo yaqindan tanimoqda, tan olmoqda. Bugun jahonning eng ilg'or mamlakatlari ham biz bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Xalqaro aloqalar mustahkamlanishi yurtimizda ko'plab sohalar qatori, tibbiyot rivojiga ham keng yo'l ochyapti.
Davlatimiz rahbari amaliy tashrif bilan AQShda bo'lib turgan bir paytda, ushbu davlatning dunyoga mashhur "Global Cardiac Alliance" xalqaro xayriya tashkiloti jarrohlari O'zbekistonda mehmon.
Xorijlik mutaxassislar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro va Namangan viloyatlaridan so'ng bolalar milliy tibbiyot markazida o'zbekistonlik shifokorlar bilan birgalikda murakkab operasiyalar o'tkazmoqda.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada ushbu jarayon tafsilotlari haqida so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
