Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan Dilov Elbek Shukrulloevich Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo'yicha Buxoro viloyati filiali
2025-10-13 17:15:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan Dilov Elbek Shukrulloevich Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo'yicha Buxoro viloyati filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

U o'z faoliyati davomida filial dispanserida shifokor-narkolog, tibbiy-ijtimoiy reabilitasiya bo'limi mudiri kabi mas'ul lavozimlarda mehnat qilgan.
E. Dilov tayinlovga qadar filialda bo'lim mudiri sifatida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o'tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 24 iyuldagi qarori asosida hududdagi narkologiya xizmati tibbiyot muassasasi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo'yicha Buxoro viloyati filiali sifatida qayta tashkil etilgandi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
