Sog'liqni saqlash vazirining tegishli buyrug'i bilan Kaya Sedat Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori etib tayinlandi
2025-09-19 19:15:00 / Yangiliklar

Xorijlik mutaxassis 2011 – 2018 yillarda Sakariya universitetining klinik shifoxonasi va Sakariya davlat shifoxonalari Ittifoqida turli lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Sakariya sog'liqni saqlash boshqarmasi vise-prezidenti hamda boshlig'i sifatida faoliyat yuritgan.
Yangi rahbar zimmasiga O'zbekistonda onkologiya xizmatini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, sohada zamonaviy menejmentni yo'lga qo'yish, xorij tajribasi asosida eng so'nggi tashxis va davolash usullarini amaliyotga tatbiq etish, joylarda skrining tadbirlari qamrovini yanada kengaytirish, shuningdek, sohaga sun'iy intellekt va innovasion texnologiyalarni joriy qilish, tizimni to'liq raqamlashtirish orqali shaffoflikni ta'minlash, tibbiy turizmni rivojlantirish hamda yosh kadrlarning bilim va salohiyatini mustahkamlash, ilmiy tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq bir qator vazifalar Yuklandi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
