Bugun, 29 mart kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida "avtomobilsiz kun" tadbiri o'tkazilyapti.
2024-03-29 09:15:00 / Yangiliklar
Mazkur aktsiya Prezidentning 2024 yil 21 fevraldagi tegishli Farmoniga muvofiq tashkil etilmoqda.

Maqsad aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, shuningdek atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratishdan iborat.
Ushbu tadbirda binolari Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbariyati va boshqa xodimlari qatorida Sog'liqni saqlash vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
