Umurtqa pog'onasi jarohatlarini tiklovchi neyroimplantat yaratildi
2024-02-21 14:30:00 / Yangiliklar

Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti "misis" olimlari bu muammoning samarali echimini topdi. Ular tomonidan orqa miyada nerv o'tkazuvchanligini tiklovchi neyroimplantat yaratildi.
Ushbu vosita biomoslashuvchan materialdan yasalgan bo'lib, bemor to'qimalari o'sishiga imkon beruvchi maxsus chiziqlar bilan qoplangan.
Moslama nerv hujayralarini qo'llab-quvvatlash uchun jarohat joyiga o'rnatiladi. Vaqt o'tishi bilan u sog'likka ziyon etkazmagan holda tana ichida erib ketadi. Natijada umurtqa pog'onasidagi nerv impulslarining o'tkazuvchanligi tiklanadi va bemor sog'lom hayotga qaytadi.
Tadqiqotchilar fikricha, neyroimplantat allaqachon laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan. Navbatdagi klinik tekshiruvlar yakunlangach, u tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
