Farmasevtika forumidan nimalar kutilmoqda?
2025-06-03 15:50:00 / Yangiliklar
Sog'liqni saqlash vazirligi va boshqa qator davlat tuzilmalari ko'magida o'tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda 15 dan ortiq mamlakatlar, jumladan, Evropa, Osiyo va MDH davlatlaridan 200 dan ortiq delegatlar ishtirok etmoqda.
Forum doirasida soha bilan bog'liq qator dolzarb masalalar tahlil qilinishi rejalashtirilgan. Ular quyidagilardan iborat:
sog'liqni saqlash tizimini transformasiya qilish va davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish;
sug'urta tibbiyoti, sog'liqni saqlashni moliyalashtirishning barqaror modellarini joriy etish salohiyati;
dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solishni yanada kuchaytirish;
narx belgilash, raqamli markirovkalash va bozor tahliliga zamonaviy yondashuvlar;
Samarali marketing strategiyasi hamda farmasevtika mahsulotlarini targ'ib qilish va boshqalar.
Shuningdek, anjumanda yalpi majlislar, panel sessiyalari, amaliyotga yo'naltirilgan mahorat darslari o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
