Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'i bilan Xudoyberdiev Sanjar Sobirovich Sirdaryo viloyati sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i etib tayinlandi
2025-05-06 09:20:00 / Yangiliklar
S.Xudoyberdiev 2008 yil Toshkent tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 2008 — 2010 yillarda klinik ordinatura bo'yicha tahsil olgan.

Mehnat faoliyatini Yangiobod tuman tibbiyot birlashmasida shifokor-jarroh sifatida boshlagan.
Turli yillarda Sirdaryo viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bo'lim mudiri, davolash ishlari bo'yicha bosh shifokor o'rinbosari hamda Sog'liqni saqlash vazirligi nazorat inspektsiyasining Sirdaryo viloyati bo'yicha boshlig'i kabi qator mas'ul lavozimlarda ishlagan.
Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) S.Xudoyberdiev tayinlovga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyati filiali direktori sifatida faoliyat ko'rsatib kelayotgan edi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
