Xabar berganimizdek, bugun Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan yurtimiz bo'ylab "sog'lomlashtirish oyligi"ga start berildi
2025-04-25 18:05:00 / Yangiliklar
Yunusobod tuman ko'p tarmoqli Markaziy poliklinikasida tashkil etilgan ushbu aktsiyada ijtimoiy himoyaga muhtoj, kambag'allik reestriga kiritilgan aholi vakillari malakali shifokorlar, tor soha mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, ularga zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yotib qolgan keksalar, nogironligi bor bemorlar yashash xonadonining o'zida maxsus mobil brigadalar tomonidan tekshiruvlar bilan qamrab olindi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavha orqali ushbu tadbir tafsilotlari bilan yaqindan tanishasiz.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati
