Samarqand shahrida "Zamonaviy endokrinologiyaning dolzarb masalalari: innovasiyalardan Real klinik amaliyotgacha" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi
2025-04-23 11:45:00 / Yangiliklar
Anjuman Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarovning ishtirokchilarga yo'llagan videotabrigi namoyishi bilan boshlandi.
Ushbu nufuzli tadbirda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Belarus, Gruziya, Qozog'iston kabi davlatlardan sohaning eng etakchi mutaxassislari, olimlar hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.
Anjumanda ta'kidlanganidek, endokrin tizimi inson tanasida barcha hayotiy jarayonlarni tartibga solishda asosiy rol o'ynagani bois bu yo'nalishdagi xastaliklarni erta aniqlash, oldini olish va asoratlari xavfini kamaytirish juda muhim. Shu maqsadda Prezidentimiz tashabbusi bilan xavf guruhiga kiruvchi aholini endokrin kasalliklar skriningidan o'tkazish tizimi yo'lga qo'yilgani ahamiyatli.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
