Trening mashg'ulotlari: Ergoterapiya nima, uning istiqboli qanday?
2025-03-12 14:35:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz raisligida 2024 yil 13 dekabrda bo'lib o'tgan ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida ham ayni masala keng tahlil qilingan hamda istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilab berilgan edi.
Xususan, muhokama davomida 12 ta nogironlik reabilitasiya markazida ergoterapiya, fizioterapiya, davolash-gimnastika xizmatlari qamrovi 5 karra ko'paytirilishi va xorijiy ekspertlar ishtirokida mutaxassislarimizning malakasi oshirilishi ko'rsatib o'tilgandi.
Xo'sh, hozirgi paytda bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Avvalo, mutaxassislarning sohaga doir bilimlarini mustahkamlashga katta e'tibor qaratilayotganligini aytish zarur.
Ayni paytda Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro sog'liq va farovonlik universiteti (Yaponiya) professori Makoto Kono hamda Sirakuz universiteti (AQSh) magistranti Mirjahon Turdiev ishtirokida bo'lib o'tayotgan "Ergoterapiyaning inklyuziv reabilitasiyada tutgan o'rni" mavzuidagi trening mashg'ulotlari ana shu sa'y-harakatlarning mantiqiy davomidir.
Trening 10 — 14 mart kunlariga mo'ljallangan bo'lib, uning doirasida mamlakatimizdagi bir qator tibbiyot muassasalari vakillari o'zlarining ergoterapiya borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'ladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


