Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida navbatdagi murakkab jarrohlik amaliyoti o'tkazildi
2025-03-09 09:35:00 / Yangiliklar
Ushbu operasiya Rossiyaning Ya.L.Tsivyan nomidagi Novosibirsk travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroortopediya bo'limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi Aleksey Peleganchuk bilan birgalikda bajarildi.
Unda Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidan kelgan 60 yoshli bemorda umurtqa pog'onasida rekonstruktiv operasiya muvaffaqiyatli bajarildi.
SSV matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan videolavhada mazkur yuqori texnologik amaliyot tafsilotlari haqida so'z yuritiladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
