Toshkent shahar sog'liqni saqlash boshqarmasi poytaxt tibbiyot muassasalaridagi bo'sh lavozimlarga ishga taklif etadi
2025-02-20 14:50:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha vakansiyalar mavjud:
pediatr;
neonatolog;
kardiolog;
anesteziolog-reanimatolog;
terapevt;
oila shifokori;
endokrinolog;
oftalmolog;
infektsionist;
allergolog;
onkolog;
immunolog;
ftiziatr;
psixiatr (kattalar va bolalar).
Hamshiralar uchun mavjud vakansiya:
patronaj hamshirasi;
doya;
umumiy amaliyot hamshiralari.
Yuqorida keltirilgan vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun mutaxassislik bo'yicha diplom va malaka talablariga ega bo'lish, mehnat stajining uzilishi 3 yildan oshmasligi zarur.
Qo'shimcha savollar bo'yicha 71-233-40-93 telefon raqamiga dushanbadan jumagacha soat 09:00 dan 18:00 ga qadar yoki Yashnobod tumani, Maxtumquli ko'chasi, 2/2-uyda joylashgan Toshkent shahar sog'liqni saqlash boshqarmasiga to'g'ridan to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
