SSV: qishloqlardagi 800 dan ziyod oilaviy poliklinika yangi zamonaviy UTT va EKG apparatlari bilan ta'minlandi
2023-11-16 10:45:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan sog'liqni saqlash tizimi oldiga qo'yilgan ustuvor vazifalardan biri birlamchi tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirishdan iborat.
Xo'sh, ortda qolgan davr ichida bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?
o'tgan yildan boshlab, har bir mahallada "xonadonbay" ishlaydigan 17 400 ta tibbiy brigada tashkil etildi;
aholiga sifatli tibbiy yordamni kengaytirish maqsadida birlamchi tizimga 20 mingta o'rta tibbiyot xodimi uchun Shtatlar ajratildi;
qishloqlarda joylashgan 801 ta oilaviy poliklinika yangi zamonaviy UTT va EKG apparatlari bilan ta'minlandi;
qishloq va mahallalarda 8 turdagi yangi tibbiy xizmatlar yo'lga qo'yildi.
Shu bilan birga, o'tgan davrda sifatli tibbiy xizmatlarni "mahallagacha tushirish" bo'yicha muhim qadamlar qo'yildi. Jumladan, 2023 yil 1 oktyabr holatiga ko'ra joylarda:
1234 ta oilaviy shifokor punkti;
1074 ta oilaviy poliklinika;
1957 ta mahalla tibbiyot punkti;
209 ta ko'p tarmoqli Markaziy poliklinika faoliyat yuritmoqda.
Yil yakuniga qadar yana hududlarda:
17 ta oilaviy shifokor punkti,
8 ta oilaviy poliklinika,
76 ta mahalla tibbiyot punkti ochilishi rejalashtirilgan.
Buning natijasida qo'shimcha 2 mln. 152 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy xizmat yaqinlashtiriladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
