Tadqiqot: Saratonga qarshi kurashishning yangi usuli topildi
2025-02-11 17:30:00 / Yangiliklar
AQShning Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan saraton o'smalarini sekinlashtirish usuli topildi.

Buning uchun inson tanasidan ajratib olingan yog'hujayralariga laboratoriya sharoitida ishlov berilib, ular xavfli o'smalar joylashgan a'zolarga yuboriladi.
Natijada genetik jihatdan o'zgartirilgan hujayralar tanadagi 5 turdagi saraton o'smalari bilan kurasha boshlaydi.
Tadqiqotchilar yangi usulni jonivorlarda sinovdan o'tkazdi. Yakunda yog'hujayralari oshqozon osti, prostata va ko'krak bezi saratoni kabi xavfli o'smalarni muvaffaqiyatli yo'q qilishi tasdiqlandi.
"Bu hujayralarni muolaja jarayonida qo'llash qulay. Qolaversa, ularni nojo'ya ta'sirlarsiz ajratib olish, o'zgartirish va qayta tiklash oson", — deydi tadqiqot guruhi rahbari nadav Ahituv.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
