Sog'liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug'i bilan Azimov Sardor Maripjanovich Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining davolash ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari-Bosh shifokori etib tayinlandi
2023-11-08 17:05:00 / Yangiliklar

C. Azimov 2008 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlab, ushbu oliy o'quv yurtining klinik ordinatura yo'nalishida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida 1-pediatriya bo'limi navbatchi shifokori sifatida boshlagan. Turli yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkiliy-uslubiy bo'limi boshlig'i, Toshkent viloyati bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, ushbu viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari kabi qator mas'ul lavozimlarda ishlagan.
C. Azimov tayinlovga qadar, Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori o'rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
